Jilo AI — dunyodagi eng yaxshi qisqa videolar montajchisi bo'lish yo'lidagi loyiha. Toshkentda ishlab chiqilgan.
Creatorlar maqsadiga ergashib, ularga natija berish. Creatorning maqsadi — retention, watch time, share, follow va revenue. Jilo'ning har bir qarori bitta savolga javob berishi kerak: «Bu qaror creatorning natijasini yaxshilaydimi?»
Bugun: sun'iy intellekt yordamida o'zbek, rus va ingliz tillaridagi nutqni aniq subtitrga aylantiramiz, uzun videolardan eng qiziq momentlarni topib qisqa kliplar kesamiz. Xizmat Telegram bot, brauzerdagi tahrirlash muhiti va video tahrirlash dasturlari uchun plagin ko'rinishida ishlaydi.
Ertaga: professional montajchilarning fikrlash jarayonini o'rganib, videoni montajchidek ko'radigan va har qarorini natijaga bog'laydigan AI quramiz. Yo'l xaritasi — bosh sahifada.