Oxirgi yangilanish: 2026-yil 22-iyul
Ushbu ommaviy oferta Jilo AI ("xizmat", "biz") va foydalanuvchi ("siz") o'rtasidagi xizmatdan foydalanish shartlarini belgilaydi. Xizmatdan foydalanish orqali siz ushbu shartlarga rozilik bildirasiz.
Jilo AI — qisqa videolar uchun avtomatik subtitr yaratish, uzun videolardan klip kesish va montaj xizmati. Xizmat jiloai.uz sayti, Telegram bot, brauzerdagi tahrirlash muhiti (Ijodxona) va video tahrirlash dasturlari uchun plagin orqali taqdim etiladi.
Vaqtinchalik chegirmalar amal qilishi mumkin — joriy narxlar saytda va botda ko'rsatiladi. To'lov O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasida (so'm) amalga oshiriladi.
Telegram botda kuniga 1 ta videoga bepul ishlov beriladi. Bepul limit xizmatni sinash uchun mo'ljallangan.
Agar to'lov amalga oshirilgan-u, texnik nosozlik tufayli xizmatdan foydalana olmagan bo'lsangiz, biz bilan bog'laning — holatni ko'rib chiqamiz va imkoniyatga qarab kompensatsiya yoki qaytarishni taklif qilamiz.
Xizmat "bor holicha" taqdim etiladi. Avtomatik subtitr va kliplarda xatoliklar bo'lishi mumkin — natijani foydalanishdan oldin tekshirishni tavsiya qilamiz. Biz xizmatdan foydalanish natijasida yuzaga kelgan bilvosita zararlar uchun javobgar emasmiz.
Siz yuklagan kontent sizniki bo'lib qoladi. Yaratilgan subtitr va kliplardan erkin foydalanishingiz mumkin. Jilo AI nomi, dizayni va dasturiy ta'minoti bizga tegishli.
Biz ushbu shartlarni yangilash huquqini saqlaymiz. O'zgarishlar shu sahifada e'lon qilinadi.